8 Iyul 2021 yil
632
Hujjatsiz boshqarilgan “Damas”
2021 yil 3 iyul' kuni soat 21:30 larda, Namangan tumani Anjirzor mahallasida, Namangan tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati