10 May 2025 yil
169
Xovlisida “Cannabis” o‘simligini parvarishlayotgan fuqaro aniqlandi
Joriy yilning 30 aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Chust tumani IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “Ko‘ktosh” mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Dning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 8 tup “Cannabis” o‘simligini ekib parvarishlayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati