Xotin qizlar masalasi e'tiborda
Joriy yilning 26 aprel' kuni Viloyat Kasaba uyushmasi faollar zalida "Xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy ajralishlar, erta nikoh, jinoyatchilik va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish" bo‘yicha kengaytirilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Dinora Yakubova ochib berdi. So‘z avvalida viloyat miqyosida 2022 yil 1 chorak davomida ajrimlar, notinch oilalar, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari haqida aytib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida viloyat fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi sudyasi, Ichki ishlar boshqarmasi HPB Xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo‘limi mas'ullari hamda viloyat bosh imom-xatibi tomonidan oilalarda ayniqsa yosh oilalar o‘rtasida ajrimlar, yoshlar tarbiyasi, ota-ona va farzand munosabatlari, oilada ayol o‘rni, qaynona va kelin munosabati haqida ma'ruzalar qilindi.
Uchrashuv yakunida Oila va xotin-qizlar boshqarmasining hududlarga tayinlangan rahbarlari tomonidan tizimdagi xato va kamchiliklardan xulosa chiqargan holda, kelgusida rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda xotin-qizlarimiz orasida kiyinish odobi madaniyati bo‘yicha fikr-takliflar bildirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati