7 Avgust 2025 yil
102
Xonadonining oshxonasida giyohvand modda saqlagan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 22-iyul kuni Norin tuman IIB tomonidan Norin tumani “Boyovul” mahallasida yashovchi, 1963-yilda tug‘ilgan fuqaro O.Kning yashash uyida o‘tkazilgan tintuv tergov harakatlari davomida, yashash uyi oshxonasida sof og‘irligi 12,13 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati