18 Avgust 2025 yil 95

Xonadondan giyohvand modda topildi

Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan Chust tumani IIB xodimlari tomonidan “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Chust tumani, “Sarimsoqtepa” mahallasida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan, fuqaro Sh.Mning yashash xonadoni yotoqxonasidan 5,49 gramm “Marixuana” va 0,50 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech