8 Aprel 2021 yil 403

Xonаdonda o‘g‘irlik sodir etgan ayollar qo‘lga olindi

Joriy yil 6 aprel' kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB JQB tezkor vakili va O‘z.R IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 2 aprel' kuni soat 10:30 dan soat 20:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyiga ochiq qolgan tomorqa eshigidan kirib, xonada bo‘lgan narxi 4.500.000 so‘mlik “Samsung-43” rusumli televizorini va narxi 1.500.000 so‘mlik kosmetika buyumlarini o‘g‘rilab ketgan shaxslar Namangan shahar Guliston MFYda yashovchi 1998 yil hamda 1997 yilda tug‘ilgan ayollar ekanligi aniqlangan va ulardan daliliy ashyo olingan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech