5 Iyul 2021 yil 1505

Hibsxonalar yangi qiyofada.

Jazoni ijro etish muassasasi - o‘z nomi bilan shunday! Insonlar jazo olishi uchun mahkum etilgan joy.

Ko‘z oldimizda gavdalansa doimo, zim ziyo, qorong‘u, ichida esa ertangi kuniga umidi yo‘q mahkumlar makoni.

Ammo, endi ular diqqat markazida!

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoevning shaxsan tashabbusi va say harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV JIED tizimida ham tub o‘zgarishlar va yangi islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati, Pop tumani, Uyg‘ursoy MFYda joylashgan O‘z.Res IIV huzuridagi JIED 2-mintaqaviy hudud, 6-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar va ularni ko‘rishga kelgan yaqinlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida bir nechta JIEM bo‘limlari ta'mirlab yangilanmoqda.

Jumladan, mahkumlar oshxonasi, turkum binolari, yotoqxonalar, xizmat ko‘rsatish va yordamchi xonalar ta'mirlandi. Majmuani ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED boshlig‘i polkovnik R.R.Tursunov, Namangan viloyati Pop tumani hokimi A.M.Sultonov, Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat markazi Pop tumani bo‘linmasi rahbari F.Primnazarov va Pop tumani Uyg‘ursoy MFY faxriylari ishtirok etishdi. Ramziy lentani O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED boshlig‘i polkovnik R.R.Tursunov kesib, kelgusida bunday zamonaviy shart-sharoitlar jazoni ijro etish tizimidagi barcha muassasalarda joriy qilinishi va fuqarolarni xayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun bundanda yaxshi shart-sharoitlar yaratilishi, yaratilgan shart-sharoitlarni uzoq yillar davomida xizmat qilishi uchun avaylab-asrab foylanish lozimligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Shunday so‘ng koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan uchrashuvga kelgan yaqinlari so‘zga chiqishib, bunday yaratilgan shart-sharoitlar va inson qadr-qimmati birinchi o‘ringa qo‘yilganligi uchun davlat rahbari, Vazirlik va Departament hamda koloniya rahbariyati va xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini izxor etishdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech