28 Iyul 2023 yil 375

Hech qanday hujjatlarsiz sotib olingan uy mashmashasi

2023 yil 11 iyul kuni Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2022 yil noyabr oyida Chortoq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, o‘ziga tegishli bo‘lgan Davlatobod tumanidagi xonadonni 11.500 AQSH dollariga sotib, pul mablag‘larini to‘liq olib, uy hujjatlarini shu kunga qadar rasmiylashtirib bermay yoki olgan pullarini qaytarib bermasdan, shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech