Hayriya hashari doirasida muxtojlardan xabar olindi.
Hashar xalqimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlikning ifodasidir. Mustaqilligimizning 30 yilligi oldidan yurtimizning barcha go‘shalarida umumxalq hayriya hasharlari o‘tkazib kelinmoqda. “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostidagi hashar tadbirlari Namangan viloyati IIB va uning sohaviy xizmatlarida ham amalga oshirildi.
PPX va JTSB PPXB xodimlari tomonidan ham dastlab boshqarma ma'muriy binosida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Mavjud daraxtlarning tagi yumshatilib, Katta Farg‘ona kanali bo‘ylari chiqindilardan tozalandi.
Shundan so‘ng batal'on komandiri hamrohligida 15 nafar xodimlar shahardagi G‘irvonsoy mahallasidagi ijtimoiy yordamga muxtoj oila holidan xabar olib, ushbu xonadonning qurilish ishlariga ko‘maklashishdi.
Xonadondagi devorlar oqlandi, deraza romlariga yangi bo‘yoqlar bilan ko‘rk berildi. ortiqcha va keraksiz buyumlar olib tashlanib, uyning hovlisi tartibga keltirildi. Xodimlardan ikki nafari esa hasharda ishtirok etgan xonadon egalari va hamkasblari uchun taom hozirlashdi. Viloyat IIB va uning sohaviy xizmatlari tomonidan joylarda hayriya hasharlari davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati