4 Dekabr 2020 yil
465
Haydovchining e'tiborsizligi piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Shu yil 3 dekabr' kuni soat 15:00 larda Namangan shahar Davlatobod tumani G‘alaba ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarib, avtomashinani orqaga harakatlantirayotgan vaqtida orqasida turgan, 1950 yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.
Natijada, piyoda tan jaroxati olib, shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 3 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati