18 Aprel 2022 yil 451

Haydovchining ehtiyotsizligi yo‘lovchining jarohat olishiga sabab bo‘ldi.

2021 yil 2 aprel' kuni soat 17:00 larda, 4R-112 Farg‘ona halqa yo‘lining 54 km.da, Chust tumani Chustnon-Do‘stlarobod MFY hududida 1986 yilda tug‘ilgan ayol Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan.

Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan, 1981 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi qo‘shma shikast, bel umurtqasi va orqa miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 17 aprel' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech