Haydovchining cho‘ntagidan “gashish” topildi
2023-yil 30-iyun kuni Chust tuman IIB JQB xodimlari hamda DXX Chust tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chust tumani Zarafshon MFY hududida harakatlanib ketayotgan Lasetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, avtomashina haydovchisining yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, shimining chap cho‘ntagidan polietilen parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKMning xulosasiga ko‘ra ushbu moddaning sof og‘irligi 30,66 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati