Haydovchilar kelisholmay qoldi
2021 yil 21 dekabr' kuni, Norin tumanida ro‘yxatda turib, Toshkent shahar Yashnabod tumanida yashovchi, 2020 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi sudlangan, 1992 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 19:24 larda, ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 rusumli avtomshainasida Norin tumanida harakatlanib ketayotgan vaqtida, Neksiya-3 rusumli avtomashina haydovchisi uni harakatiga to‘sqinlik qilganligi holatini, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Ayfon-10 max” rusumli uyali telefon apparatiga video tasvirga olayotgan vaqtida uni to‘xtatib, “Nima sababdan meni videoga olyapsan”-deb, qo‘lida bo‘lgan uyali telefon apparatini tortib olib, ketib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Norin tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvida bo‘lgan Neksiya-3 rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Norin tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 dekabr' kuni O‘z.R JKning 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati