Haydovchi YPX inspektoriga pora taklif qildi.
Shu yil 3 noyabr' kuni, Uychi tumani IIB YHXG davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limiga bildirgi orqali murojaat qilib, shu kuni soat 09:25 larda, Uychi tumani markazida xizmat olib borayotgan vaqtida, Damas rusumli avtomashina xaydovchisi, Uychi tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro tegishli hujjatlarsiz boshqarayotganligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi va avtomashinani jarima maydoniga olib kirib qo‘yganligini, haydovchi avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 1.000.000 so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi va viloyat IIB JQB KIJQKB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Uychi tumani Beruniy MFY Beruniy ko‘chasida joylashgan tuman IIB YHXGning jarimalar maydonchasida fuqaro tuman IIB YHXG katta inspektoriga 925.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha IJQKD Uychi tuman bo‘limi tomonidan 2020 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati