6 Sentyabr 2021 yil 853

Haydovchi spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan. Inspektorga intizomiy jazo berilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “IIB YPX xodimi fuqaroga keskin tahdid qilmoqda.” izohi bilan tarqalgan videoxabar yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXBning rasmiy munosabati.

2018 yilning 23 oktyabr' kuni reja-taqsimot asosida Namangan shahar A.Temur ko‘chasi Temiryo‘l vokzali chorraxasiga xizmatga jalb etilgan viloyat IIB YHXB YPX 2-safarbar guruhi YPX inspektori safdor Muxitdinov Shavkatjon Xamidullaevich xizmat olib borayotgan vaqtida, shu kuni soat 14:00lar chamasida Damas rusumli avtomashina odam tashish bilan shug‘ullanayotganligi uchun inspektor tomonidan to‘xtatilganda, haydovchi xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay qochib ketganligi sababli, keyingi chorrahada xizmat olib borayotgan inspektor tomonidan to‘sib to‘xtatilgan va hujjatlarini taqdim qilish so‘ralgan. Haydovchi esa hech qanday hujjatlarni taqdim qila olmasdan qochishga uringan. Ushbu holatdan so‘ng inspektor Muxitdinov qo‘shimcha yordam kuchi kelgunga qadar haydovchini ushlab turgan. Inspektor shuningdek, haydovchining spirtli ichimlik ta'siridaligidan shubxalanib, uni Narkologiyaga dispanseriga shifokor vrach ko‘rigidan o‘tkazish uchun olib borganida haydovchi chindan ham spirtli ichimlik iste'mol qilganligi aniqlangan. Shundan so‘ng, haydovchiga nisbatan qonuniy tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketishiga sabab bo‘lganligi va fuqaro bilan qo‘pol muomalada bo‘lib, jamoatchilikni salbiy fikrlarini keltirib chiqarganligi uchun Namangan viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Namangan viloyati IIB YHXBning 2018 yil 1 dekabr' kunidagi 46-sonli buyrug‘iga asosan viloyat IIB YHXB YPX 2-safarbar guruhi YPX inspektori safdor Muxitdinov Shavkatjon Xamidullaevichga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi 3413-son qarorida tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining intizom ustavi”ning 46-bandi 2-xatboshisini qo‘llab, “Tanbeh” intizomiy jazosi e'lon qilingan.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

Text to speech