28 Noyabr 2020 yil
447
Haydovchi piyodani urib voqea joyidan juftakni rostladi.
Shu yil 14 noyabr' kuni soat 11:00 larda Namangan shahar Rovuston MFY Yangichek ko‘chasida Damas rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 19 yoshli haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, voqea joyidan ketib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya chayqalishi, chap qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 noyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati