Haydovchi piyodani urib, so‘ngra “Hyundai porter” bilan to‘qnashdi.
Shu yil 23 sentyabr' kuni soat 11:30 larda, Xaqqulobod-Cho‘ja yo‘lining 19 km.da Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, so‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Hyundai porter rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Neksiya rusumli avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Norin tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro chap oyoq tovon suyagini yopiq sinishi va piyoda ikkala bilak, son sohasi yumshoq to‘qimalarini lat yeyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati