13 Avgust 2021 yil
397
Haydovchi mast holdagi piyodani urib yubordi.
Shu yil 2 avgust kuni soat 22:20 larda, Chust tumani Zarafshon MFY hududida, Toshkent viloyatida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, spirtli ichimlikdan mast holatda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 12 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati