24 Fevral 2022 yil 464

Haydovchi inspektorga to‘rt yuz ming so‘m pora taklif qildi

2022 yil 16 fevral' kuni, Namangan viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l-patrul' xizmati batal'oni ikkinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul' xizmati inspektori O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu yil 16 fevral' kuni Kosonsoy tumani markazida harakat xavfsizligini ta'minlab, qoidabuzar haydovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirib xizmat olib borayotgan vaqtida, Neksiya-2 rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchini hujjatlarini tekshirganida, uni hech qanday hujjatlari yo‘qligini aniqlab, unga nisbatan MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga olib borganida, haydovchi ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik va avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib ketish evaziga 400.000 so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida taklif qilayotganligini bildirib, fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Inspektorning bildirgisiga asosan shu kuni soat 18:35da O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan tezkor-tadbir belgilanib, o‘tkazilgan tadbir davomida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Kosonsoy tumani IIB binosi oldida inspektorga 400.000 so‘m pul mablag‘larini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan 2022 yil 23 fevral' kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech