25 Fevral 2022 yil 611

Haydovchi inspektorga bir million so‘m pora taklif qildi

2022 yil 22 fevral kuni, Namangan viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi saf bo‘linmalari yo‘l-patrul xizmati bataloni birinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati inspektori, O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu yil 22 fevral kuni belgilangan yo‘nalish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, To‘raqo‘rg‘on tumani Chust Ko‘prik MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi ZIL-131 rusumli yuk avtomashisini to‘xtatib, tegishli hujjatlarni taqdim etish so‘ralganida haydovchi tomonidan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarsiz boshqarganligi aniqlanib, unga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirilgan bo‘lsada, haydovchining otasi avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish va tuzilgan ma'muriy bayonnomani yo‘q qilib berishni so‘rab, evaziga 1.000.000 so‘m mablag‘larini pora tariqasida taklif qilayotganligini bildirib, fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Inspektorning bildirgisiga asosan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas'ul xodimlari va IJQKD tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan haydovchining otasi To‘raqo‘rg‘on tumani Chust ko‘prik MFY hududida joylashgan “Muazzam baholash” MChJga qarashli avtomobillarni vaqtincha saqlash jarima maydoni hududida inspektorga 1.000.000 so‘m pullarni bergan vaqtida ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha IJQKD To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan 2021 yil 24 fevral kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech