Haydovchi inspektorga 500 000 so‘m pora taklif qildi.
Joriy yil 28 aprel' kuni Namangan viloyati IIB YHXB 2-safarbarlik guruhi inspektori safdor Qurbonov Oybek Baxriddinovich bildirgi orqali O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘iga murojaat qilib, shu kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz boshqarayotganligi, Namangan viloyati IIB YXXB 2-safarbarlik guruhi inspektori safdor A.Miraxmedov tomonidan aniqlanib, jarimalar maydonchasiga tortilganligi, biroq fuqaro Kosonsoy tumani IIB YHXG binosiga kelib, “Starshiy ekansiz, jarima baland ekan, yordam bering-deb” 500.000 so‘m pul berishini aytib, pora taklif qilganligini ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor-tadbir belgilanib, o‘tkazilgan tadbir davomida, fuqaro 400.000 so‘m pullarni O.Qurbonovga pora tariqasida Kosonsoy tumani Tibbiyot kolleji binosi oldida bergan vaqtida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, xolislar guvohligida pullar ko‘zdan kechirilib, bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Ushbu holat bo‘yicha IJQKD Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati