16 Mart 2021 yil 405

Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi.

Joriy yil 3 mart kuni, Namangan viloyat IIB YHXB 4-otryad komandiri bildirgi orqali murojaat qilib, Uchqo‘rg‘on tumani hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, Damas rusumli avtomashina haydovchisi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroga nisbatan ma'muriy tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtomashinani jarima maydoniga tortgan vaqtida haydovchi to‘plangan hujjatlarni sudga taqdim etmaslik va qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga, 1.500.000 so‘m pullarni berishini aytib, pora taklif qilayotganligini ma'lum qilgan.

Holat bo‘yicha shu kuni soat 20:40 larda, O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Uchqo‘rg‘on tumanida joylashgan jarima maydonchasi oldida 4-otryad komandiriga fuqaro 1.500.000 so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech