19 Oktyabr 2020 yil 416

Haydovchi harakat xavfsizligini t'minlay olmay vafot etdi.

Shu yil 16 oktyabr' kuni soat 01:30 larda Nanay-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining
7 km.da Xunday Forter rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, chuqurlikka tushib ketgan.

Natijada, haydovchi qo‘shma shikast, bosh miya ochiq shikasti, chakka sohasi 2-3 sm chuqurlikda yirtilishi tashxisi bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech