2 Dekabr 2021 yil 373

Haydovchi chora ko‘rilmasligi uchun YPX xodimiga 1000 AQSh dollari va 4 dona televizorlarni pora tariqasida taklif qildi

Joriy yilning 1 dekabr' kuni Namangan viloyati IIB YHXB 3-tumanlararo YPXO komandir o‘rinbosari O‘zbekiston Respub'likasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda 2021 yil 01 dekabr' kuni soat 08:00 larda Namangan muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati IIB YHXB 3-tumanlararo YPXO inspektori va Namangan viloyati IIB kinologiya xizmati inspektorlari “Kobalt” rusumli avtomashinani to‘xtatib tekshirgan vaqtida, ushbu avtomashina haydovchisi, Andijon viloyatida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro avtomashinaning salon qismida jami 17 dona chet elda ishlab chiqarilgan “Yasin” nomli televizorlarni tegishli hujjatlarsiz “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab, Toshkent shahriga olib ketayotganligi aniqlangan. Fuqaro ushbu holat bo‘yicha xujjatlar rasmiylashtirmaslik evaziga  1000 AQSh dollari va 4 dona televizorlarni pora tariqasida berishini aytib 900 AQSh dollarini berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xurmatli fuqarolar davlat organlariga pora taklif qilish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech