Harbiylar ochiq osmon ostidagi muzeyiga ekskursiya qildilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4-avgust kunidagi PQ-3898 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablaridan kelib chiqib, muddatli harbiy xizmatchilarning ma'naviy saviyasini, intellektual salohiyatini yuksaltirish, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an'analarimizga asoslangan dunyo qarashini shakllantirish, ularning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuyg‘usini chuqur singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismning muddatli harbiy xizmatchilari bilan 2021 yilning 18 sentabr kuni Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Axsikent – ochiq osmon ostidagi muzey majmuasi”ga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya mobaynida muddatli harbiy xizmatchilar “Axsikent” arxeologik yodgorligining o‘rganilgan obektlarini, qadimgi “Axsikent” arxeologik yodgorligining topilmalari to‘g‘risida, shuningdek, qadimda “Axsikent” buyuk ipak yo‘lida o‘ziga xos bo‘lgan tarixi to‘g‘risida bir qator ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati