7 Sentyabr 2021 yil
650
Harbiylar “Mehnat va shuhrat” muzeyida mehmon bo‘lishdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254 sonli harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilarining madaniy va ma'naviy xordiq olishlari hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida yangi barpo etilgan “Mehnat va shuhrat” muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ekskursiya mobaynida muddatli harbiy xizmatchilar Mustaqillik yillarida Ichki ishlar organlari faoliyati, xizmat o‘tash paytida jasorat ko‘rsatgan xodimlar va Namangan viloyatining o‘ziga hos bo‘lgan tarixi to‘g‘risida ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati