Harbiylar ishtirokida huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha proflaktik tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeropotrtlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning ijtimoiy muhofazasini ta'minlash borasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniqlik kiritish va harbiy xizmatchilar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda IIV Xalqaro aeropotrtlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari polkovnik N.F.Pirmamatov, 7254-sonli harbiy qism komandiri podpolkovnik U.Sh.Mamadjanov, Namangan harbiy prokuraturasi tergovchisi adliya kapitani I.I.Ulkanboev, qo‘mondonlik tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Sh.X.Barotovlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar shaxsiy tarkibga sodir bo‘layotgan qonunbuzilish holatlari, jinoyatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tishdi. Tadbir yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha bir qator dolzarb vazifalar belgilandi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati