22 Sentyabr 2021 yil 383

Harbiylar ezgulik yo‘lida donorlik qilishdi.

Bizga ma'lumki, insonlar doimo yaxshiliklar qilishga intilib yashaydilar. Shunday ekan, biz donorlarni beg‘araz yordam ko‘rsatuvchi ezgu-niyatli insonlar deyishimiz mumkin. Sababi ular qonga muhtoj, minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi. Shu kabi ezgu amallar O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan 2021 yil 21 sentabr kuni amalga oshirildi. Tadbir Respublika Qon quyush markazi Namangan viloyati filiali shifokorlari ishtirokida o‘tkazildi. Shu kuni harbiy xizmatchilar o‘z ixtiyorlari bilan qon va uning kompanentlariga muhtojlar uchun qon topshirishdi.

Amalga oshirilayotgan bu kabi xayr-sahovatga boy amallar kimningdir sog‘lig‘ini yaxshilashga, hayotini uzaytirishga ko‘mak bo‘layotgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilarga bundan ortiq baxt yo‘q deydi 7254-sonli harbiy qism komandirining o‘rinbosari podpolkovnik Bobirjon Munisov.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech