18 Noyabr 2021 yil 635

Harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari va Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchi yoshlari ishtirokida 18-noyabr “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz ramzlaridan biri bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda harbiylar va o‘quvchi yoshlarning bayrog‘imizga bag‘ishlangan sh'erlari hamda qo‘shiqlari bilan qilgan chiqishlari yig‘ilganlarda katta ta'surot qoldirdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir, maktabda taxsil olayotgan yoshlarimiz qalbida mustaqil yurtimizdan faxrlanish, g‘ururlanish hissi paydo bo‘lishiga munosib xissa qo‘shdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech