Harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Magrur hilpirayver, yurtim bayrogi!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254 sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari va Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumanidagi 58-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchi yoshlari ishtirokida 18 noyabr-“O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun” munosabati bilan “Magrur hilpirayver, yurtim bayrogi!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz ramzlaridan biri bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda o‘quvchi yoshlarning bayrogimizga bag‘ishlangan sheʼrlari va qo‘shiqlari hamda harbiylarning qol jangi usullari bilan qilgan chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir maktabda tahsil olayotgan yoshlarimiz qalbida mustaqil yurtimizdan faxrlanish, g‘ururlanish hisi paydo bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati