22 Dekabr 2021 yil 640

Harbiy qismda ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shaxridagi 7254 sonli harbiy qismda Namangan harbiy prokuraturasi va Milliy Gvardiya Namangan viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib 2021 yilning 22 dekabr' kuni “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu tadbirda Namangan viloyatida joylashgan ta'lim muassasalarining o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda o‘quvchi yoshlarga harbiy kiyim-kechaklar, oziq-ovqatlar hamda zamonaviy qurol-aslahalar namoyish etildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech