14 Sentyabr 2021 yil 365

Harakat xavfsizligini ta'minlay olmaslik yo‘lovchining o‘limiga sabab bo‘ldi.

2021 yil 11 sentyabr' kuni soat 06:30 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 59 km.da, Tepa Naymancha MFY hududida, Chust tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.

Natijada, avtomashanida bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Avtomashina haydovchisi bosh miya yopiq shikasti, bosh miyani ezilgan jarohati tashxisi bilan va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chust tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro chap o‘mrov suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-kismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech