30 Mart 2021 yil
344
Harakat xavfsizligini ta'minlay olmaslik piyodaning o‘limiga sabab bo‘ldi.
Joriy yil 28 mart kuni soat 19:55 larda, Namangan shahar Mashrab MFY Oromgox ko‘chasida GAZ-3110 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya ochiq shikasti va ko‘krak qafasi ezilishi tashxisi bilan shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati