Harakat xavfsizligini ta'minlay olmagan haydovchi o‘z umriga zomin bo‘ldi.
Joriy yil 16 may kuni soat 17:40 larda, Kosonsoy-Chust-Pop-Navbahor yo‘lining 76 km.da, Pop tumani Yuksalish MFY hududida, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, Pop tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya-2 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi, Buvayda tumanidagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan qiz bosh miya chayqalishi, chap qo‘l bilak suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati