Har kasbning o‘z ustozi bor.
Ustoz! Bu so‘zni tinglaganda qalblar junbushga kelib, ko‘ngillar yorishib ketadi. Zero, esimizni tanigan ilk onlarimizdan boshlab, to hozirga qadar aynan ana shunday zotlar bizning qo‘limizdan tutib kelmoqda. Bilamizki har kasbning o‘z ustozi bor. Eng mashaqqatli va yuksak mas'uliyat talab qiladigan kasblardan biri, ya'ni ichki ishlar organi xodimi degan nomning o‘zi sharaf bo‘lsa, shu kasbning ustozlik darajasini olish ikki karra sharafdir.
1 oktyabr' Ustoz va murabbiylar kuni mnosabati bilan Nmangan viloyat IIB kadrlar boshqarmasi tomonidan sohada uzoq yillar mehnat qilgan, o‘zining fidoyiligi, mexnatsevarligi bilan yosh avlodga o‘rnak bo‘lib, xodimlarning jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda bilim ko‘nikmalarini oshirish uchun bor kuch va mehnatini ayamayotgan faxriy ustozlar va boshqarma boshlig‘i samimiy muborakbod etildi.
Boshqarma binosida o‘tkazilgan kichik tadbirdan so‘ng xodimlar hozirda iste'foda bo‘lgan faxriy ustozlar xonadoniga borib, ular holidan xabar olishdi. Bir piyola choy ustida qurilgan samimiy suhbat davomida faxriylar o‘zlarining bosib o‘tgan hayot yo‘llari, mashaqqatlari va muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilishdi. Hozirda sohada faoliyat olib bormasalarda shogirdlar tomonidan haligacha e'zoz va hurmat topyotganlaridan minnatdor ekanliklarini bildirib, qo‘llarini duoga ochishdi.
Bu mo‘'tabar zotlarni har qancha e'zozlasak oz. Boisi bugun ichki ishlar organida xizmat qilayotgan oddiy safdor xodimdan to rahbarlarning xam erishayotgan muvaffaqiyati va yutuqlarida mana shu insonlarning hissasi katta. Bayramingiz muborak bo‘lsin, fidoyi zotlar.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati