Haqorat jinoyatga yo‘l ochdi
2022 yil 31 yanvar kuni soat 00:06 da, shifoxonadan tushgan xabarga ko‘ra, shu yil 30 yanvar kuni soat 23:30 larda, Uychi tumanida yashovchi B.N., 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan sinfdoshi O.N. bilan uni yashash uyi oldida “Sen meni sinfdoshlarni oldida haqorat qilding”-deb, o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichog‘i bilan qorin sohasiga bir marotaba urgan.
Natijada, sinfdoshi O.N. chap yon bosh sohasidagi qorin bo‘shlig‘iga kirib boruvchi kesilgan sanchilgan jarohati bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 31 yanvar kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati