Hamkorlikdagi tadbirda xonadondan giyohvand modda topildi
2021 yil 11 yanvar kuni Chortoq tuman IIB xodimlari va Huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Chortoq tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadagi sandiq ichidan 14 ta qora rangli sellofan paketlarga o‘ralgan, 29 dona gugurt qutilarida, 3 dona banka idishlarda quruq holdagi, o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning hulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 814,2 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 11 yanvar kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati