18 Dekabr 2020 yil 505

Hamkorlikdagi tadbirda qimorxona fosh etildi.

Shu yil 16 dekabr' kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” va “Chegara-tozalash” tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani IIB TEQKG boshlig‘i, katta tezkor vakili, HPB profilaktika inspektorlari va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi xodimi, hamda DXX tuman bo‘limi xodimlari tomonidan xamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 10 nafar fuqarolarga bir guruh bo‘lib, o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib, qimorxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 17 dekabr' kuni O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech