12 May 2021 yil 358

Hamkorlikdagi tadbirda narkotik modda saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi.

Shu yil 4 may kuni viloyat IIB TEQKB tezkor vakili va Yangiqo‘rg‘on tuman IIB 5-sonli IIB boshlig‘i tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, shu tumanda yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi ko‘ylagining cho‘ntagidan qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,2 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech