1 Mart 2021 yil 380

Hamkorlikdagi tadbirda giyohvand modda saqlab yurgan fuqaro aniqlandi

Shu yil 16 fevral' kuni soat 00:20 larda, shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB TEQKB tezkor vakillari va viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB xodimlari hamda O‘z.R MG Namangan viloyati boshqarmasi harbiylari tomonidan Namangan shahar Davlatobod tuman Yuksalish MFY hududida joylashgan “Baliqxona” konteyneri ko‘zdan kechirilganda shu yerda qorovul bo‘lib ishlovchi, Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro va uning tanishi Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yashovchi fuqarolarning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning yonidan o‘tkir hidli, to‘q jigarrang rangli moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning umumiy sof og‘irligi 0,43 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech