15 Fevral 2021 yil 374

Hamkorlikdagi tadbirda fuqaro giyohvand modda bilan qo‘lga tushdi.

Joriy yil 8 fevral' kuni Pop tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika katta inspektori hamda O‘z.R MG Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Pop tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan shimining o‘ng cho‘ntagidan qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun Pop tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 1,10 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech