5 Iyun 2023 yil
441
Hamkasbini tunagan hamshira
2023-yil 26-may kuni Namangan shahrida yashovchi, RSHTYOIM Namangan filialida hamshira bo‘lib ishlovchi ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni nomaʼlum shaxs, RSHTYOIM Namangan filiali hamshiralar honasida bo‘lgan shkaf ichidagi sumkasidan 3.086.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Viloyat IIB JXX JTSB PPXB 4-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni arizachining hamkasbi, 1970-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati