30 Iyul 2025 yil 629

Xalq deputatlari viloyat Kengashining XIII sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Dastlab viloyat huquqni muxofaza etuvchi organlari rahbarlarining qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibotni kuchaytirish hamda jinoyatchilikning oldini olish, profilaktikasi borasida 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlari tinglandi.

Xususan, viloyat IIB boshlig‘i hududlarda PQ-1-son Qarori bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish, aholining eng muhim muammolariga samarali yechim topish, viloyatda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, "Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktika tadbirlari natijalari hamda “Xavfsiz va ravon yo‘l” tamoyili asosida yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sessiya ishtirokchilariga ma‘lumot berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech