27 Iyul 2021 yil
387
Gultuvakda yetishtirilgan “Ko‘knor”
Joriy yil 18 iyul' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, Pop tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash hovlisi holislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon yo‘lagidagi 2 dona gultuvaklarga 7 tup ko‘knori o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 iyul' kuni O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati