13 Iyun 2023 yil 215

Gugurt qutisiga joylangan “Marixuana”

2023-yil 7-iyun kuni Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan “Tintuv” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Kosonsoy tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi va hovlisidagi qo‘yxonasining tom qismidan 9 dona gugurt qutida o‘tkir xidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olindi.

Viloyat IIB EKMning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning og‘irligi 26,55 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech