17 Mart 2022 yil 282

Gugurt qutisidan "Marixuana" chiqdi

2022 yil 15 fevral' kuni viloyat hududida o‘tkazilayotgan “Chegara-tozalash” tadbiri davomida, tuman IIB TEQKB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori hamda JTSB kinologi tomonidan, Pop tumanida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi omborxonasidan gugurt qutisiga solingan, qog‘ozga o‘ralgan o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 14,66 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 12 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech