3 Fevral 2021 yil 419

Giyoxvand moddalarga qarshi tadbirlar samara bermoqda.

2021 yil 26 yanvar' kuni DXX tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyi og‘ilxonasidagi kurtkasining chap cho‘ntagida o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 33,83 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 fevral' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech