Giyohvand moddalarga qarshi kurash davom etmoqda.
Joriy yil 22 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi”, “Antiterror-Tozalash” va “Chegara-Tozalash” tadbirlari davomida, viloyat IIB JQB tezkor vakili, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahrida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan oshxonada yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kurtkasining o‘ng cho‘ntagida qog‘oz parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,89 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 24 mart kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati