Giyohvand modda sotgan shaxs qo‘lga olindi.
Shu yil 16 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan tuman IIB HPB profilaktika katta inspektori, TEQKG tezkor vakillari tomonidan, Namangan shahrida yashovchi, 1950 yilda tug‘ilgan fuqaro shu yil 16 mart kuniga qadar yashash xonadonida giyohvandlik moddasini qonungi xilof ravishda saqlab kelib, shu kuni tanishi, Namangan tumanida yashovchi, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroga 50.000 so‘mga sotishga kelishib, giyoxvand moddasini sotganligi aniqlangan.
Olingan tezkor ma'lumotga asosan, fuqaroni shu kuni soat 18:00 larda, Namangan tumanida joylashgan MChJ binosi oldida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida unga o‘zida noqonuniy narsa va buyumlar saqlayotgan bo‘lsa ixtiyoriy topshirishligi tushuntirilganida yonidagi fuqarodan 50.000 so‘m pul evaziga sotib olganligini ma'lum qilgan.
Mazkur ko‘rsatmaga asosan, fuqaroni chaqirtirilganida, o‘z ixtiyori bilan giyohvandlik moddasini taqdim etgan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, fuqarodan olingan moddaning sof og‘irligi 1,06 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi, fuqaroning tanishi taqdim qilgan moddaning sof og‘irligi 0,47 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 19 mart kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati