Giyohvand modda sotayotgan shaxs qo‘lga olindi.
2022 yil 23 aprel kuni Norin tuman IIB Probasiya guruhi katta inspektori, HPB inspektori, JQB katta tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro tumandagi “Bobur” MFY hududida Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan tanishiga yelim paketga o‘ralgan moddani 50.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Tekshiruv davomida, fuqaroning qo‘lida bo‘lgan erkaklar kartmonidan bir dona selofan paketga o‘ralgan modda hamda 50.000 so‘mlik kupyuradagi pul va bir dona elektron tarozi borligi ko‘rilib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddaning sof og‘irligi 0,37 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 24 aprel' kuni O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati